Yangiliklar

Haftaning ish kunlarida ham sovuq havo saqlanib turadi

Haftaning ish kunlarida ham sovuq havo saqlanib turadi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻtgan hafta oxirida Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan sovuq havo massasi oʻz taʼsirini saqlanb turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Ushbu hafta davomida havo harorati asosan kechalari 3-8 daraja sovuq, shimolda 7-12 daraja sovuq, baʼzi joylarda 16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 19-20-fevralda 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, 21-23-fevralda 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.

Bugun kunduzi koʻpchilik viloyatlarda baʼzi joylarda asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Ertaga 2-fevralda Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz qor yogʻishi mumkin.

21-23-fevral kunlari asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.

Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor.

Poytaxtda bugun kunduzi, shuningdek 20-fevralda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. 21-23-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 19-20-fevralda 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, 21-23-fevralda 0-5 daraja iliq boʻladi.