Yangiliklar

Kecha Turkmanistondan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi

Kecha Turkmanistondan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi
Ilyustrativ foto

Kecha, 18-fevral kuni Turkmaniston Respublikasidan 21,6 mln kVt·soat elektr energiyasi import qilindi. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxoʻjayev maʼlum qildi.

18-fevral kuni barcha elektr stansiyalar orqali jami 231,4 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 40,3 mln kubometr tabiiy gaz, 26,3 ming tonna koʻmir hamda 10,7 ming tonna mazut yoqildi.

Respublika isteʼmolchilariga 225,6 mln kVt·soat elektr energiyasi yetkazib berildi. Tabiiy gaz isteʼmoli 151,6 mln kubometrni tashkil qildi.

Kecha mamlakatimizdagi 133 ta metan zapravka orqali ijtimoiy soha – tibbiyot muassasalari hamda shu kabi boshqa obyektlarga tegishli avtomobillarga 700 ming kubometr tabiiy gaz yetkazib berildi.

Avtobenzin va dizel yonilgʻisi aholi hamda iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda. Xususan, 18-fevral kuni avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalariga 1 ming 126 tonna avtobenzin yetkazib berildi.