Jahon prognozlash markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, mart oyi nisbatan salqin boʻlishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Mart oyida oʻrtacha oylik havo harorati meʼyordan 1-2° ga past, baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻlib, 4-9° iliqni, janubda 10-11° iliqni tashkil etadi.
Oy davomida harorat kechalari 0-5° sovuqdan 5-10° iliqqacha, kunduz kunlari 5-10° iliqdan 17-22° iliqqacha, janubda 20-25° iliqqacha keskin oʻzgarib turishi prognoz qilinmoqda.
Respublika hududining katta qismida oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyor atrofida, baʼzi joylarda undan koʻp boʻlishi kutilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!