Yangiliklar

Toshkentda elektrobus yoʻl chetiga chiqib ketib, YTH sodir qildi

Toshkentda elektrobus yoʻl chetiga chiqib ketib, YTH sodir qildi
Foto: YHXB

19-fevral kuni soat 14:05 larda 40-sonli yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi Q.Q (staji 33yil) boshqaruvidagi elektrobus, Sergeli tumani, Yangi Sergeli koʻchasi boʻylab harakatlanib borayotgan vaqtda, dastlabki maʼlumotga koʻra qon bosimining oshganligi sababli boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetini ajratib turuvchi panjaraga borib urilgan. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. “Yutong” rusumli elektrobus texnik shikastlangan. Avtobus haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB  xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.