Foto, Madaniyat

#1 «Qahva»:  Fotograf Rustam Nazarmatov ijodxonasiga sayr

#1 «Qahva»:  Fotograf Rustam Nazarmatov ijodxonasiga sayr

Demokrat.uz o‘z o‘quvchilarini professional (havaskor) fotograf va rassomlar ijodi bilan tanishtirib borish maqsadida “Qahva” loyihasini boshlamoqda. Agar rassomlar tomonidan chizilgan suratlar, fotograflar tasvirga olgan ijodiy ishlar muxlisi bo‘lsangiz, unda sizni bir finjon qahva bilan loyihamizni kuzatib borishga taklif qilamiz.

“Qahva”ning ilk soni mehmoni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining fotorassomlar bo‘limi a’zosi, fotograf Rustam Nazarmatov. Ma’lumot uchun, Rustam Nazarmatov 1976-yil Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Tolli qishlog‘ida tug’ilgan. Toshkent davlat san’at insitutini tamomlagan. 23 yildan buyon fotograflik faoliyati bilan shug‘illanib keladi.

Quyida fotograf ijodxonasidagi badiiy fotografiya va reportaj yo‘nalishida tushirilgan ijodiy ishlari bilan tanishishingiz mumkin.

Tahririyatimiz shuningdek, o‘z ijodiy ishlarini loyihamiz orqali namoyish qilishni istagan fotograf va rassomlarni ham hamkorlikka taklif qiladi.

Chirchiq shahridagi ko’prik

Padang qishlog'i (Boysun)
Padang qishlog’i (Boysun)
Padang qishlog’i (Boysun)
Padang qishlog’i (Boysun)
Padang qishlog’i (Boysun)
Yashillikka burkangan Bo’stonliq
Kurash
Boysun bahori-2017
Boysun bahori-2017
Boysun bahori-2017
Xo’roz jangi
Qo’chqorlar jangi
Arqon tortish
Bo’stonliqda qish
Bo’stonliqda qish
Chorvoq suv ombori
Chorvoq suv ombori
Ohangaron kengliklari
Bo’stonliqda bahor
Termiz ko’chalari
Termiz shahridagi masjid
Termiz shahri
Termizdagi madaniy me’ros obyekti
Al-Hakim at-Termiziy me’moriy majmuasi
Al-Hakim at-Termiziy me’moriy majmuasidagi ziyoratchilar
Konchilar
Kon ishchilari
Kon ishchilari
Toshko’mir koni
Jarayon
Toshkentda qish
Toshkentda qish
Toshkentda qish
Avtobusini kutayotgan yo’lovchilar
Darband
Kengliklar
Tog’
Ot mingan cho’pon bola
Forishda kech
Qiz qal’asi Turkiya
Qumqo’rg’on kengliklari
Terimchi ayollar
Termiz-Toshkent magistral yo’li 2021
Toshkent teleminorasi
Rustam Nazarmatov

Loyiha muallifi: Ilyos Safarov.