Yangiliklar

20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta oʻylanmasdan, betartib belgilangan

20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta oʻylanmasdan, betartib belgilangan

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

Maʼlumki, oʻtgan yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan edi. 

Oʻtgan davrda 10 dan ortiq davlatning tajribasi chuqur oʻrganildi, ijtimoiy xizmat boʻyicha mutaxassis-ekspertlar bilan hamkorlikda sohaning ahvoli oʻrganildi.  

Tahlil va oʻrganishlar koʻrsatganidek, odamlar tashvishini ichiga kirmagan, oʻzidan oʻtkazmagan eski tizim tubdan oʻzgarishi kerak va bu murakkab, kompleks jarayon.

Davlatimiz rahbari sohadagi baʼzi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta oʻylanmasdan, betartib belgilanganini koʻrsatib oʻtdi.   

Hudud rahbarlari ham muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovgʻa qilish bilan cheklanib kelgani qayd etildi.

Eski ijtimoiy himoya tizimida odamlarga umid berish, hayotini yaxshilashi, band boʻlishiga koʻmaklashish eng oxirgi oʻringa tushib qolgan.