Yangiliklar

Bir yilda ikkitadan ortiq avtomobil sotgan jismoniy shaxslar qoʻshimcha soliq toʻlashi mumkin

Bir yilda ikkitadan ortiq avtomobil sotgan jismoniy shaxslar qoʻshimcha soliq toʻlashi mumkin
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzbekistonda bir yilda ikkitadan ortiq avtomobil sotgan jismoniy shaxslarni deklaratsiyalash tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu Strategik islohotlar agentligi tomonidan Oʻzbekiston prezidentiga taqdim etilgan taqdimotda koʻrsatib oʻtilgan., deb xabar bermoqda Gazeta.uz

Loyihaga koʻra, endilikda jismoniy shaxs oʻz nomidagi ikkitadan ortiq avtomobilni, jumladan elektromobillarni sotmoqchi boʻlsa, soliq tizimida deklaratsiya toʻldirishi kerak boʻladi. 

Yaʼni, bu degani, endi bir shaxs ikkitadan ortiq avtomobil sotsa, qoʻshimcha daromad soligʻi toʻlashiga toʻgʻri keladi.