Yangiliklar

Bugun ayrim hududlarda qor yogʻadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlmaydi

Bugun ayrim hududlarda qor yogʻadi, ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻlmaydi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Oʻzgidromet bugun, 20-fevral kuni mamlakatda havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq, kunduzi 1° sovuq-1° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° ilq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; choʻl hududlarda kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq boʻladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 1-6° iliq boʻladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq boʻladi.