Yangiliklar

Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar boʻyicha yagona savolnoma joriy qilinadi

Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar boʻyicha yagona savolnoma joriy qilinadi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, xizmatlar koʻrsatish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida:

  • ehtiyojmand toifani belgilash boʻyicha mezonlar ishlab chiqiladi va aynan qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi;
  • har bir muhtoj fuqaro boʻyicha individual ijtimoiy xizmatlar dasturi boʻladi.

Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar boʻyicha yagona savolnoma joriy qilinadi.

Mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasi orqali taqdim etish yoʻlga qoʻyiladi.

Davlatimiz rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada oʻtkazayotgan qabullar ham oʻzgarishi kerakligi, qabullarda mahalla “yettiligi” koʻtargan eng ogʻir masalalarning yechimi boʻlishi lozimligini taʼkidladi. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga viloyat hokimlari bilan birga barcha mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini tashkil qilish topshirildi.

Protez vositalarini berish, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirish, oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalarni yolgʻiz deb eʼtirof etish kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagacha tushirilishi belgilandi.

Mahallada ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish elektron platformasi ishlab chiqiladi.