Yangiliklar

Yakkabogʻ tumanida qalbaki dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Yakkabogʻ tumanida qalbaki dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan bojxona boshqarmasi hamda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Qashqadaryo boʻlinmasi xodimlari bilan hamkorlikda Yakkabogʻ tumani “Janbul” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.B. fuqaro A.A.ga “Banksef”, “Zanasef”, “Gansef” va “Gandsef” nomli jami 3 767 dona qalbaki dori vositalarini 54 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ushbu dori vositalarini kelib chiqish manbasini aniqlash maqsadida davom etgan tadbirda, boshqa bir fuqaro L.D. fuqaro S.B.ga ushbu dori vositalarini 26 mln soʻmga sotganligi aniqlanib, uning xonadonidagi yordamchi xoʻjaligidan umumiy bahosi 1,3 mlrd soʻmlik jami 14 909 dona qalbaki dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.