Yangiliklar

Dollar kursi koʻtarildi

Dollar kursi koʻtarildi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 19,52 soʻmga koʻtarilib, 22-fevraldan boshlab 12 495,03 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 23,57 soʻmga koʻtarilib, payshanbadan 13 494,63 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,04 soʻmga koʻtarilib, 22-fevraldan rublning rasmiy kursi 135,13 soʻmni tashkil etadi.