Yangiliklar

Oʻzbekistonga 2023-yilda nechta turist kelgan?

Oʻzbekistonga 2023-yilda nechta turist kelgan?

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 6,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln. nafarga yoki 26,6 % ga oshgan.

Oʻzbekistonga 2023-yilda eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

  • Tojikiston – 2155,2 ming nafar
  • Qirgʻiz Resp.– 1757,1 ming nafar
  • Qozogʻiston – 1333,3 ming nafar
  • Rossiya – 714,3 ming nafar
  • Turkiya – 106,5 ming nafar
  • Turkmaniston – 100,3 ming nafar
  • Xitoy – 42,5 ming nafar
  • Hindiston – 45,5 ming nafar
  • Janubiy Koreya – 37,1 ming nafar
  • Germaniya – 29,6 ming nafar
  • Italiya – 25,6 ming nafar
  • AQSH – 23 ming nafar
  • Fransiya – 18,6 ming nafar
  • Buyuk Britaniya – 16,2 ming nafar
  • Ispaniya – 15,2 ming nafar
  • Belarus – 15,1 ming nafar
  • Ozarbayjon – 14,7 ming nafar
  • Yaponiya – 12,4 ming nafar