Yangiliklar

Paxtachi tumanida 1,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Paxtachi tumanida 1,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.Q.” MCHJ rahbari R.X. korxonaning “Qirguli” mahallasidagi 1,5 gektar yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 1,3 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.