“Arkenstone” va “VescoCottage” nomli MCHJlar Toshkent shahrida kottej turar-joylarini qurayotgani haqida reklama eʼlonlarini joylashtirib, shu yoʻl bilan yangi uy olish istagida boʻlgan yurtdoshlarimizning ishonchiga kirib, 2022 — 2023-yillar davomida 125 mln soʻmdan boshlangʻich toʻlov sifatida fuqarolarning qariyb 27 mlrd soʻmini oʻzlashtirishgan.
Firma egasi mazkur mablagʻlardan bir qismini, jumladan, 1,4 mln dollarini oʻzining va onasining nomidagi plastiklar orqali xorijdagi birjaga oʻtkazgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida chet el birjasidan 625 ming AQSH dollari qaytarilgan. Shuningdek, ayblanuvchining xorijdagi kriptobirjalardagi hisob raqamida 222 ming dollarga teng kriptovalyuta borligi aniqlangan va muzlatib qoʻyilgan.
Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!