Onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi natijasida yoʻlovchi tashish dinamikasi Soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasida aks etmoqda.
Oʻtgan yilning dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln tashuvlar amalga oshirildi. Yoʻlovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan haydovchi tomonidan koʻrsatildi.
Soliq qoʻmitasi boshqa onlayn-taksi agregatorlarining soliq organlari bilan integratsiyalashuvini taʼminlash va toʻlov shaklidan qatʼi nazar, yoʻlovchilarga chek berish boʻyicha ishlarni davom ettirmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!