Turkiyaning “AJet” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat oldi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi.
Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida havo qatnovi toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitim asosida, 2024-yil 21-fevralda “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “AJet” aviakompaniyasiga Anqara-Toshkent-Anqara yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berildi.
Parvozlar B737-800 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!