Yangiliklar

Fargʻona va Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Fargʻona va Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Hosilot” MFY hududida harakatlanib kelayotgan fuqaro I.M. boshqaruvidagi “Nexia 2” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, I.M. va R.T. hech qanday hujjatsiz jami 6 250 quti 3 xil turdagi aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Yangi Namangan tumani “Goʻzal” MFY hududida fuqaro D.S. boshqaruvidagi “GENTRA” rusumli avtotransport vositasida hech qanday hujjatsiz jami 4 529 quti “Esse change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.