Yangiliklar

Markaziy bank bankomatlardan pul yechib olish komissiyasi 1,5 foizgacha oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Markaziy bank bankomatlardan pul yechib olish komissiyasi 1,5 foizgacha oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Ilyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda koʻpgina bankomatlarda kartadan pul yechib olish uchun komissiya 1 foiz oʻrniga 1,5 foizni tashkil etayotgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank fuqarolardan bu va bunga oʻxshash xabarlarga ishonmasliklarini soʻramoqda, deb xabar bermoqda OʻzA.

Maʼlumot uchun, tijorat banklarining bankomatlarida Uzcard va Humo kartalaridan naqd pul yechilganda komissiya 1 foiz (ayrim banklar oʻz mijozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida 0.5%-0.8%) oraligʻida komissiya joriy etilgan.

Tijorat banklarida xalqaro (Mastercard, Viza va boshqalar) kartalardan naqd pul yechilganda komissiya 1,5 foiz yoki bundan yuqori foizni tashkil qiladi.