Yangiliklar

OCHL. “Nasaf” mehmonda “Al Ayn”ga yutqazib, musobaqani tark etdi

OCHL. “Nasaf” mehmonda “Al Ayn”ga yutqazib, musobaqani tark etdi
Foto: «Nasaf» matbuot xizmati

Futbol boʻyicha Osiyo chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida oʻtkazilgan “Al Ayn” – “Nasaf” uchrashuvida qarshiliklar magʻlub boʻldi.

Oʻtgan haftada Qashqadaryoda boʻlib oʻtgan ilk uchrashuvda hisob ochilmagandi. Kecha, 21-fevral kuni boʻlib oʻtgan bahsning 51 daqiqasida Akmal Mozgovoy hisobni ochdi. Biroq, oradan 4 daqiqa oʻtgach mehmonlar hujumchisi Kojo Laba gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Hakam tomondan oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalarda Sofyan Rahimi ikkinchi toʻpni kiritib, jamoasiga gʻalaba taqdim etdi. Shunday qilib, Qarshining “Nasaf” klubi musobaqadagi ishtirokini yakunladi.