Yangiliklar

Sariosiyoda subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Sariosiyoda subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.H. fuqaro N.T.ga oʻzini goʻyoki Sariosiyo tumani fermerlar va tomorqa yer egalari kengashi bosh mutaxassisi deb tanishtirib, tumanning “Terakzor” mahallasi va “Jarobod” qishlogʻi aholisiga subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishi evaziga undan 4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.