Yangiliklar

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman boʻlimi tomonidan “Qibraytumangaz” filiali xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “F.F.” MCHJ rahbari Z.Gʻ. va boshqalar MCHJning qum quritish sexida gaz tarmogʻidan tamgʻalash yoʻli bilan uzilgan boʻlsada, oʻzboshimchalik bilan tijorat maqsadida tarmoqqa qayta ulanib, yuqori quvvatdagi sertifikatlanmagan gaz yondirgichdan foydalangan holda 553,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tuman boʻlimi tomonidan “Quyichirchiqtumangaz” GTF xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tekshiruvda “Sirgʻali” MFYda yashovchi A.O. oʻz uyining 24 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, ushbu issiqxonani hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 149,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.