Foto, Madaniyat

#2 «Qahva»: Fotograf Ernest Kurtvaliyev ijodxonasiga sayr

#2 «Qahva»: Fotograf Ernest Kurtvaliyev ijodxonasiga sayr

Demokrat.uz’ning taniqli fotograf va rassomlar ijodiga bag‘ishlangan “Qahva” loyihasi davom etadi.

Loyihaning ikkinchi (#2) soni orqali biz taniqli ijodkor, fotograf Ernest Kurtvaliyev ijodxonasiga sayohat qilamiz.

Ma’lumot uchun, Ernest Kurtvaliyev 1974-yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat Madaniyat institutini tamomlagan. U bunga qadar O‘zbekistonning turli nufuzli kompaniya va jurnallarida fotograf sifatida ishlagan. Ernest Kurtvaliyev bugungi kunda «Anatomica» jurnali fotografi.

Quyida Ernest Kurtvaliyevning Indoneziya va O’zbekistonning qator manzillarida turli yillarda olingan sara suratlari bilan tanishishingiz mumkin.

Eslatma: suratlardan muallif ruxsatisiz foydalanish (tarqatish, qayta ishlash va namoyish etish) qonunchilikka muvofiq taqiqlanadi.

#1 «Qahva»: Fotograf Rustam Nazarmatov ijodxonasiga sayr

Loyiha muallifi: Ilyos Safarov.