Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak final uchrashuvlari doirasida boʻlib oʻtgan “Al Ittihod” – “Navbahor” oʻyinida mezbonlar gʻolib boʻldi.
Birinchi boʻlimning 25 daqiqasida mezbonlar hujumchisi Karim Benzema oʻz darvosiga toʻp kiritib, namanganliklarni hisobda oldinga chiqib olishlarini taʼminlagan edi. Biroq, ushbu boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Abdurazzoq Hamdallah gol urib, hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi boʻlimning 87 daqiqasida “Navbahor” aʼzosi Toma Tabatadze ham avtogol muallifi boʻldi – 2:1. Bahs yakunigacha hisob oʻzgarmadi va “Navbahor” ushbu bosqichdan ishtirokini yakunladi.
Eslatib oʻtamiz, 21-fevral kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi ham xuddi shu hisobda magʻlub boʻlgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!