Yangiliklar

Toshkent shahrida har oyning bir kuni “Avtomobilsiz kun” boʻladi

Toshkent shahrida har oyning bir kuni “Avtomobilsiz kun” boʻladi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli taʼsirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda prezident farmonida qayd etilgan.

Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna koʻrsatib boradi.