Yangiliklar

Toshkentda dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkentda dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulugʻbek tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Ahmad Yugnakiy koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.F. va “G.G.” MCHJ masʼul shaxslari dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, ushbu MCHJga tegishli jami 26 000 dona “Natriy Xlorid” nomli dori vositasini fuqaro A.R.ga 195 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.