Yangiliklar

Chet el fuqarolari yanvarda Oʻzbekistonga qanday maqsadlarda tashrif buyurgani haqida maʼlumot berildi

Chet el fuqarolari yanvarda Oʻzbekistonga qanday maqsadlarda tashrif buyurgani haqida maʼlumot berildi
Ilyustrativ foto

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar oyida 520,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2024-yil yanvar oyida Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

  • qarindoshlarni yoʻqlash – 444,1 ming kishi
  • dam olish va sayohat – 46,1 ming kishi
  • xizmat yuzasidan – 11,7 ming kishi
  • tijorat – 9,2 ming kishi
  • davolanish – 7 ming kishi
  • oʻqish maqsadida – 2,1 ming kishi