Oʻzgidromet kelgusi hafta avvali – 26–28-fevral kunlari mamlakatda havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-fevralda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-27-fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 27-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-fevralda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 26 va 28-fevralda 2-7° iliq, 27-fevralda 0-5° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 26-27-fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 26-27-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 28-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-fevralda baʼzi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 27-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 28-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 25 baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq boʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!