Yangiliklar

Poytaxtda va Toshkent viloyatida 940 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan ikkita xonadon aniqlandi

Poytaxtda va Toshkent viloyatida 940 mln soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan ikkita xonadon aniqlandi
Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Qibray tumanida oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida “Baytqurgʻon” MFY hududidagi xonadonda yashovchi S.M oʻz uyida 3 dona “Mayning” kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 579,4 mln. soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlaganligi aniqlangan.

Shuningdek, reyd davomida Mirzo Ulugʻbek tumani Alisherobod hududidagi xonadonda yashovchi F.R oʻz uyida 4 dona “Mayning” kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida elektr taʼminoti korxonasi “Elektrhisob” DKdan roʻyxatdan oʻtkazmasdan elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 365,2 mln. soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi uchun 63,6 mln soʻm qayta hisob-kitob qilindi hamda noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar oʻsuvchi koyeffitsiyent qoʻllanib, 944,6 mln soʻm mablagʻ undirishga hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirib, toʻplangan hujjutalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.