Yangiliklar

Turizm qoʻmitasi Transport prokuraturasi tomonidan 40 ga yaqin turfirmalar faoliyatini toʻxtatish talab qilingan xat yuzasidan maʼlumot berdi

Turizm qoʻmitasi Transport prokuraturasi tomonidan 40 ga yaqin turfirmalar faoliyatini toʻxtatish talab qilingan xat yuzasidan maʼlumot berdi

Transport prokuraturasi tomonidan turizm sohasi tadbirkorlik subektlariga jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlarini olib borilayotganligi va Turizm qoʻmitasiga mazkur turoperator va turagentlarning lisenziyalarini toʻxtatib turilishi yuzasidan xat yuborilganligi boʻyicha xabar berilgan edi.

Turizm qoʻmitasining maʼlum qilishicha, qoʻmita tomonidan mazkur holat yuzasidan turistik korxonalar tahlil qilingan. Mazkur xat xususiy aviakompaniya parvozlarining kechikishi natijasida “Umra” tadbirlari vaqtida moddiy va maʼnaviy jabr koʻrgan fuqarolardan olingan maʼlumotlar asosida yuborilganligi maʼlum boʻlgan.

Mazkur murojaat xatida keltirilgan dastlabki turistik korxonalar haqidagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Turizm qoʻmitasi tomonidan Transport prokuraturasiga mutaxassis ajratilgan.

“Amaldagi qonunchilikka asosan faoliyat olib borayotgan turistik korxonalarga noqulaylik tugʻdirmaslik maqsadida, Transport prokuraturasi bilan birgalikda jinoyat ishiga aloqador boʻlgan turistik korxonalarning identifikatsiya raqamiga (STIR) aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan aloqador boʻlgan turistik korxonalarning identifikatsiya  raqamlarini (STIR) aniqlash ishlari yakunlanganidan soʻng jinoyat ishi ochilgan korxonalarning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatib turilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.