Jahon

“Ukraina yangi qarshi hujumga tayyorlanmoqda” – Vladimir Zelenskiy

“Ukraina yangi qarshi hujumga tayyorlanmoqda” – Vladimir Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fox News telekanaliga bergan intervyusida Ukraina yangi qarshi hujumga tayyorgarlik koʻrayotgani, biroq Rossiya kabi davlatga qarshi jangda mudofaa birinchi oʻrinda turishini aytdi. 

“Mudofaa — birinchi raqamli vazifa. Biz Qora dengizdagi muvaffaqiyatli harakatlarimizni davom ettiramiz. Tafsilotlarni ochiqlamayman, lekin Rossiya uchun kutilmagan hodisalar tayyorlayapmiz. Bu juda muhim. Janub muhim. Shuningdek, Rossiyaning 200 mingdan ortiq askari boʻlgan sharqni ham himoya qilishimiz kerak. Albatta, biz yangi qarshi hujum, yangi operatsiyalarni tayyorlayapmiz”, — degan u.

Ukraina prezidentiga koʻra, Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimlari, uzoq masofali raketalar va boshqa qurollar kerak.