Yangiliklar

Xorazmda 1,4 mlrd soʻm kredit mablagʻini noqonuniy chetga olib chiqqan shaxslar aniqlandi

Xorazmda 1,4 mlrd soʻm kredit mablagʻini noqonuniy chetga olib chiqqan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.D.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari davlat kafolati ostida olingan kredit mablagʻlari hisobidan import qilingan parranda boqish uskunalarining narxini sunʼiy ravishda oshirib, aslida bozor baxosi 1,1 mlrd soʻm boʻlgan 25,9 ming parranda boqishga moʻljallangan uskunalarni goʻyoki 50 ming bosh parranda boqishga moʻljallanganligini koʻrsatib, hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 2,5 mlrd soʻm kreditni “Sh.Y.” xorijiy kompaniyasiga oʻtkazishga erishib, jami 1,4 mlrd soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.