Yangiliklar

Yanvarda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Yanvarda qancha benzin ishlab chiqarilgan?
Ilyustrativ foto

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda 124,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. 

2024-yilning yanvar oyida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:

  • Avtomobil benzini – 124,6 ming tonna
  • Koʻmir – 357,8 ming tonna
  • Neft – 60,5 ming tonna
  • Gaz kondensati – 111,7 ming tonna
  • Avtobus – 25 dona
  • Yuk avtomobillari – 215 dona
  • Avtomobil dvigatellari – 13 915 dona
  • Yengil avtomobillar (maxsus yengil avtomobillardan tashqari) – 15 657 dona