Yangiliklar

Shahram Gʻiyosov gʻalaba qozondi

Shahram Gʻiyosov gʻalaba qozondi

Orlando shahrida oʻzbekistonlik bokschi Shahram Gʻiyosov hamda meksikalik Pablo Sezar Kano oʻzaro ringga koʻtarilishdi. 

3-raundda Shahram raqibini nokdaunga tushirdi. 11-raund oxirida Kano oyogʻidan jarohat oldi.

Natijada gʻolib ochkolar boʻyicha aniqlandi. Barcha hakamlar Shahram Gʻiyosov gʻalabasini qayd etishdi.