Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida 13-fevral kuni YTH sodir boʻldi. 1994-y.t. fuqaro otasiga tegishli Nexia-3 mashinasida tumanning Istara mahallasi hududidan oʻtgan yoʻlda harakatlanayotib yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va roʻparadan kelayotgan Kamaz yuk mashinasi bilan toʻqnashgan.
Oqibatda Nexia-3 mashinasida yoʻlovchi sifatida ketayotgan 4 kishi halok boʻlgan.
Shuningdek, Jizzax viloyati hududidan oʻtgan A-376 xalqaro avtomobil yoʻlining 284-kilometrida Cobalt va Nexia-3 mashinalar oʻzaro toʻqnashgan. Oqibatda Nexia-3 haydovchisi ogʻir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok boʻlgan.
Surishtiruvda YTHga Cobalt haydovchisi sababchi boʻlgani, u qoidalarni qoʻpol tarzda buzib, qarama-qarshi yoʻnalishga chiqqani va oʻz yoʻlidan kelayotgan Nexia-3ʼga urilgani aniqlangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!