Yangiliklar

Toshkentga toʻrt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi

Toshkentga toʻrt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi
Foto: “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati

Toshkent shahriga toʻrt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilan yoʻriqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan oʻtkazilib, soʻngra yoʻlovchilarga xizmat qilishi yoʻlga qoʻyiladi.

Foto: “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati

Yoʻnalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, “Yunusobod” va “Yer usti halqa yoʻli yoʻnalishlari”da harakatga chiqariladi.

Foto: “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati

“Shuningdek, 2024-yil may oyi soʻngiga qadar bosqichma bosqich ravishda yana 8 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan”, – deyiladi xabarda.