Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida joylashgan “M.” fermer xoʻjaligi oʻziga qarashli binoda yashirin yoʻllar bilan qoʻshimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi maʼlum boʻldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 374 mln soʻm (2 mln 249 ming kubometr tabiiy gaz)ni tashkil etgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!