Yangiliklar

Dollar kursi yana pasaydi

Dollar kursi yana pasaydi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,10 soʻmga pasayib, 27-fevraldan boshlab 12 480,90 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 18,87 soʻmga koʻtarilib, seshanbadan 13 529,30 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,78 soʻmga koʻtarilib, 27-fevraldan rublning rasmiy kursi 134,78 soʻmni tashkil etadi.