Qishning soʻnggi kunlari va bahorning birinchi kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
26-29-fevral va 1-mart kunlari respublikaning koʻpchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Ushbu kunlarda respublika boʻyicha meʼyordan 2-5 darajaga past boʻlgan harorat saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor.
Poytaxtda bugun kunning birinchi yarmida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.
28-fevral va 1-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Harorat kechalari 1-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-6 daraja iliq boʻladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!