Yangiliklar

Oʻzbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kirishi mumkin?

Oʻzbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kirishi mumkin?
Ilyustrativ foto

Oʻzbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kirish mumkinligi hamda visa on arrival va e-visa haqida maʼlumot berildi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxanov xabar berdi.

Unga koʻra, Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga vizasiz kirish imkoniyatiga ega:

Antigua va Barbuda, Armaniston, Barbados, Belarus, Birlashgan Arab Amirliklari, Dominika, Eron, Falastin, Filippin, Gaiti, Gambiya, Gruziya, Keniya, Kot-dʼIvuar, Malayziya, Mikroneziya, Moʻgʻuliston, Moldova, Namibiya, Ozarbayjon, Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston, Rossiya, Sent-Vinsent va Grenadin orollari, Seyshel orollari, Shri-Lanka, Surinam, Tojikiston, Turkiya, Ukraina.

Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga kirib kelganda viza olishlari mumkin (visa on arrival):

Boliviya, Burundi, Gvineya-Bisau, Indoneziya, Iordaniya, Kabo-Verde, Kambodja, Komor orollari, Laos, Livan, Madagaskar, Makao, Maldiv orollari, Mavrikiy, Mavritaniya, Mozambik, Nepal, Nikaragua, Palau, Qatar, Ruanda, Samoa, Serra-Leone, Tailand, Togo, Tuvalu, Yamayka, Zimbabve, Sharqiy Timor.

Oʻzbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga kirish uchun elektron viza olishlari mumkin (e-visa):

Efiopiya, Ekvatorial Gvineya, Ekvador, Gabon, Gvineya, Hindiston, Janubiy Sudan, Jibuti, Kongo Demokratik Respublikasi, Lesoto, Malavi, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Uganda, Vetnam.