Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “F.Sh.” MCHJga qarashli dorixona rahbari R.B. va sotuvchisi O.Sh. xaridorga hech qanday hujjatsiz jami 105 dona “Gabapentin” va “Karbamazepin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini shifokor retseptisiz sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. noqonuniy daromad orttirish maqsadida jami 44 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro S.B.ga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 53 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!