Yangiliklar

Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Bugun Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va tanqidiy-tahliliy nutq soʻzladi.

Zoyir Mirzayev Ohangaron shahar hokimi lavozimiga Rajabboyev Muzaffar Erkaboyevich nomzodini tavsiya qildi. Muzaffar Rajabboyev Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining qarori bilan Ohangaron shahar hokimi etib tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Muzaffar Rajabboyev 1984-yilda Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2007-yil Toshkent irrigatsiya va mellioratsiya instituti, 2014-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, 2019-yilda Xitoy Xalq Respublikasi xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida magistraturani tamomlagan.

U Qibray tumani IIB Yongʻin xavfsizligi xizmatida mehnat faoliyatini boshlagan. Shuningdek, Yuqori Chirchiq, Parkeni tumani hokimliklarida masʼul vazifalarda ishlagan. Tayinlovga qadar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.