Jamiyat

Salqin kunlarda qanday meva-sabzavotlar isteʼmol qilish kerak?

Salqin kunlarda qanday meva-sabzavotlar isteʼmol qilish kerak?
Ilyustrativ foto

Havo haroratining pasayishi tana haroratiga ham taʼsir qilmay qolmaydi. Bunday sharoitda kaloriyaga boy, foydali mahsulotlar isteʼmoliga eʼtibor berish zarur. Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bu borada tavsiyalar bilan ulashdi.

“Sovuqda qon tomirlarimizda keskin torayish kuzatiladi. Issiq xonaga kirganda esa ular kengayadi. Bu insonlarda qon bosimi oshishiga sabab boʻlishi mumkin”, – deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov

Kartoshka qon tomirlarining holatini yaxshilashga yordam bera oladi. Uning tarkibidagi kaliy qon tomirlarining devorlarini elastik qiladi, qon aylanishini yaxshilab, bosimni barqarorlashtiradi.

Ildizmevali sabzavotlar va yogʻli goʻsht solingan qaynatilgan shoʻrva qishda, ayniqsa, foydali. Bunday sabzavotlarda uglevodlar koʻp boʻlib, qishning sovuq kunlarida boshqa sabzavotlarga qaraganda organizmga koʻproq energiya beradi.

Sabzavotlardan piyoz antioksidant sifatida ham muhim ahamiyatga ega.

Lavlagi va uning sharbati ham foydali vitaminlar va minerallarga boy boʻlgan mahsulot hisoblanadi.

Nonda juda koʻp B vitaminlari mavjud, yaʼni ular asab tizimining silliq ishlashi va sogʻlom uyqu uchun javobgardir.

S vitamini organizmda oqsillar va serotonin moddalarini oʻzlashtirishda katta ahamiyatga ega. Sitrus mevalar va ularning sharbatlari salqin mahsulot boʻlsa-da, ulardan tayyorlangan murabbo, qiyom va marmeladlar S vitaminiga boy issiq mahsulot hisoblanadi.

Limonning meʼyordagi isteʼmoli kasallikni haydashda muhim oʻrin tutadi.

Yogʻ kislotalari ular yurak-qon tomir va asab tizimini mustahkamlaydi va kayfiyatga taʼsir qiladi. Ushbu moddalar yongʻoq, zigʻir va bir qator dukkakli ekinlarda koʻp miqdorda mavjud.