Yangiliklar

“Toshshahartransxizmat” AJning 5 nafar masʼuli ishdan olindi

“Toshshahartransxizmat” AJning 5 nafar masʼuli ishdan olindi
Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati

“Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmatining maʼlum qilishicha, “Mersedes-Benz” rusumli 33-sonli avtobusda yongʻin sodir boʻlgan holat va poytaxtda avtobuslar ishtirokidagi YTH koʻpayishi yuzasidan tezkor yigʻilish tashkil etilgan.

Bunda avtobuslarning texnik holatiga masʼul boʻlgan, ularning yoʻnalishga chiqish oldi texnik koʻrigini talab darajasida bajarmay, oʻz xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondoshgan xodimlarga keskin chora koʻrilib, 5 nafar masʼul xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Foto: “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati

Shuningdek, yuqorida sanab oʻtilgan favqulodda holatlarni oldini olish choralarini koʻrish, avtobuslarning texnik holatini birma-bir tekshiruvdan oʻtkazish boʻyicha 8 ta avtobus saroylari masʼul xodimlariga topshiriqlar berilib, xodimlarning masʼuliyati yanada kuchaytirildi.