Bugun, 27-fevral kuni Chilonzor tumani, “Bektoʻpi” MFY Diydor koʻchasida joylashgan mebel ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yongʻinga soat 00:17 da yongʻin-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yongʻin soat 01:29 da oʻrab olingan va soat 05:52 da toʻliq bartaraf etildi. Yongʻinni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yongʻin-qutqaruv ekipaji va 5 ta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etildi.
Yongʻin-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yongʻindan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Yongʻin oqibatida xalok boʻlganlar yoʻq.Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshligʻi va oʻrinbosarlari, IIB, Prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB, tuman FVB rahbar va xodimlari chiqishgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!