Yangiliklar

Dollar kursi yana 12 500 soʻmdan oshdi

Dollar kursi yana 12 500 soʻmdan oshdi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 19,11 soʻmga koʻtarilib, 28-fevraldan boshlab 12 500,01 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 36,96 soʻmga koʻtarilib, chorshanbadan 13 566,26 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 1,26 soʻmga koʻtarilib, 28-fevraldan rublning rasmiy kursi 136,04 soʻmni tashkil etadi.