Yangiliklar

Soliq kodeksining 227/1-moddasiga asosan qoʻllanilgan jarima summasining 98 foizi hisobdan chiqariladi

Soliq kodeksining 227/1-moddasiga asosan qoʻllanilgan jarima summasining 98 foizi hisobdan chiqariladi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Prezidentning tegishli farmoni bilan Soliq kodeksining 227/1-moddasiga asosan qoʻllanilgan jarima summasining 98 foizi hisobdan chiqariladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga koʻra:

  • fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i (avval 100%);
  • bir yil davomida takror sodir etilganda – realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %i miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Mazkur farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar (227 prim 1-modda) uchun qoʻllanilgan moliyaviy jarimalar boʻyicha mavjud qarzdorlikning 98 %i hisobdan chiqariladi va qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Undirilgan jarima summalarining 98%i kelgusi toʻlovlar hisobiga tadbirkorlik subyektlariga qaytariladi.