25-fevral kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bir oilaning 6 aʼzosi is gazidan zaharlandi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibiga tayanib xabar bermoqda.
Shu kuni taxminan soat 10:30 da tumanning Duoba mahallasida yashagan J.X. (erkak, 1980-yilda tugʻilgan) va uning farzandlari J.M. (oʻgʻil, 2013), Sh. M. (qiz, 2016), S.M. (qiz, 2018) uxlab yotgan vaqtida temirdan qoʻlbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, Z.N. (ayol, 1986) va N.M. (qiz, 2008) esa Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 16 yoshli qiz 27-fevral kuni vafot etdi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!