Yangiliklar

Yuqori Chirchiq tumanidagi metan zapravkada janjal sodir boʻldi

Yuqori Chirchiq tumanidagi metan zapravkada janjal sodir boʻldi
Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda metan gaz quyish shoxobchasida navbat talashib katta janjal boʻlgani haqida video xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, mazkur holat kecha 26-fevral kuni Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan metan gaz quyish shoxobchasida sodir boʻlgan.

Dastlabki maʼlumotga koʻra, vafot etgan fuqarolar yoʻq.

Holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, hududiy IIB tomonidan JKning 277-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va hozirda tergov-surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi boʻyicha qonuniy chora koʻrilishi taʼminlanadi va jamoatchilikka axborot beriladi.