Yangiliklar

Dollar kursi pasaydi

Dollar kursi pasaydi
Foto: Markaziy bank

Oʻzbekistonda dollar kursi pasaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Maʼlumotga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga pasayib, 29-fevraldan boshlab 12 484,94 soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek, yevro kursi 82,52 soʻmga pasayib, payshanbadan 13 483,74 soʻmni tashkil qiladi. Rubl kursi 0,41 soʻmga pasayib, 29-fevraldan rublning rasmiy kursi 135,63 soʻmni tashkil etadi.