Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston va Fargʻonada haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Qoraqalpogʻiston va Fargʻonada haydovchilik guvohnomalarini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Moʻynoq tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar D.P.va Sh.T. va G.Sh.lar 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib berishini aytib, fuqaro S.X.dan 16 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentning Yozyovon tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.T. va M.Sh. fuqaro A.R.ning ishonchiga kirib, unga “D” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.Yu. fuqaro O.O.ning ishonchiga kirib, unga “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Toshloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, “A.i.” MCHJ oʻrgatuvchisi Yu.X. fuqarolar R.A. va N.Sh.ning ishonchiga kirib, ularga haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga firibgarlik yoʻli bilan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.